Jahon

Afsonaviy shifokor Fransiyaga kiritilmadi

Afsonaviy shifokor Fransiyaga kiritilmadi

Mashhur falastin-ingliz shifokori G‘assan Abu Sitta parlamentda chiqishi kerak bo‘lgan Fransiyaga kiritilmadi.  Bunga sabab qilib Germaniya tomonidan Yevropaga kirishga bir yillik taqiq joriy qilingani asos bo’lgan. Bu haqda TRT nashri xabar berdi.

“Men Sharl de Goll aeroportidaman. Menga Fransiyaga kirishni taqiqlashdi. Aytishlaricha, nemislar mening Yevropaga kirishimni bir yillik taqiqlab qo‘ygan”, — deb yozdi Abu Sitta X ijtimoiy tarmog‘ida.

Avvalroq, 12-aprel kuni Glazgo universitetining yangi tayinlangan rektori G‘assan Abu Sittaning Germaniyaga kirishi taqiqlangan edi, u Berlinda G‘azodagi tibbiyot xodimlarining muammolari bo‘yicha bekor qilingan konferensiyada nutq so‘zlashi kerak edi.

“Meni Berlindagi konferentsiyada mojaro paytida G’azo kasalxonalaridagi ishim haqida gapirishga taklif qilishdi. Germaniya hukumati mamlakatga kirishimga to‘sqinlik qildi. Xalqaro sud oldidan genotsid guvohining ovozini o‘chirishga qaratilgan bosim Germaniyaning davom etayotgan qirg‘inga aloqadorligini ta’kidlaydi”, dedi Abu Sitta.

U voqeani Nikaraguaning Germaniyani Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun da’vosi bilan bog‘lagan.

Abu Sitta Isroil bosqinidan so’ng G’azo sektoriga qaytib keldi, u yerda bombardimon va boshqa qiyinchiliklarga qaramay, u Falastin anklavida ishlaydigan eng taniqli va hurmatli tibbiyot mutaxassislaridan biriga aylandi. U ommaviy axborot vositalarida falastinliklar duch kelayotgan muammolarni gapirib chiqdi.

Isroil bombalari va o’qlaridan jarohatlangan falastinliklarni davolash bilan shug’ullangan. 44 kun davomida Abu Sitta operatsiyalarni bajarish uchun sirka va boshqa uy-ro’zg’or buyumlaridan foydalanishga majbur bo’lgan.