Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga Mixail Mishustinning mamlakat Bosh vaziri lavozimiga nomzodini ko’rsatdi. Mixail Mishustin Vazirlar Mahkamasini 2020-yilning yanvaridan buyon boshqarib kelayotgan edi. Bu haqda parlament quyi palatasi raisi Vyacheslav Volodin ma’lum qildi.
“Prezident Vladimir Vladimirovich Putin Davlat Dumasiga Mixail Vladimirovich Mishustinning Bosh vazir lavozimiga nomzodi bo‘yicha taklif kiritdi”, deb yozgan Volodin o‘zining Telegram-kanalida.
Bugun, 10-may kuni Davlat Dumasi Bosh vazir nomzodini muhokama qiladi.
Rossiya Konstitutsiyasiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Davlat Dumasi tomonidan tasdiqlanadi. Bosh vazir tasdiqlanganidan keyin bir haftadan kechiktirmay Prezidentga federal ijroiya organlarining tuzilmasi bo‘yicha takliflar kiritadi. Shuningdek, u Prezidentga Bosh vazir o‘rinbosarlari va federal vazirlar lavozimlariga nomzodlarni taklif qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!