Borrellning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqining qator davlatlari Falastinni tan olish rejalarini e’lon qildi. Bu haqda bugun, 10-may kuni Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel Ispaniyaning RNE radiostansiyasi efirida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ispaniya, Malta, Irlandiya va Sloveniya hukumatlari Falastin davlatini tan olish niyatida.
Ispaniya, Malta, Irlandiya va Sloveniya hukumati Falastin davlatini tan olmoqchi.
Unga ko‘ra, Ispaniya 21 may kuni Falastinni tan oladi, Malta, Irlandiya va Sloveniya buni tez orada tan olishi kerak.
Diplomat, shuningdek, kelajakda Belgiya tomonidan ham shunday qadam bo‘lishini istisno etmadi.
Falastin davlatining chegaralari haqidagi savolga javob bergan Borrell, ular BMTning tegishli qarorlari bilan allaqachon belgilab qo’yilganiga e’tibor qaratdi.
“Biz ularni o’zimiz yaratmoqchi emasmiz. Bu masala allaqachon BMT rezolyutsiyalarida aniq ko‘rsatilgan”, — dedi, Yevropa diplomatiyasi rahbari.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!