Jahon

Germaniya harbiy xizmatga chaqirishni tiklaydi

Germaniya harbiy xizmatga chaqirishni tiklaydi

Germaniya Mudofaa vazirligi harbiy xizmatni isloh qilishning uchta variantini tayyorladi. Mamlakatda muddatli harbiy xizmat 2011-yilda bekor qilingan edi.

Germaniya umumiy harbiy majburiyatni qayta joriy etish istiqbollarini muhokama qilmoqda. Mudofaa vazirligi bo‘lim boshlig‘i Boris Pistoriusga uchta islohot variantini taqdim etdi. Mamlakatda bu amaliyot bundan 13 yil avval — 2011- yilda bekor qilingan edi.

Variantlardan birida ayollarni majburiy harbiy xizmatga jalb etish taklif qilingan. Buning uchun Germaniya Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi, biroq Mudofaa vazirligining fikricha, bu variant jamoatchilik tomonidan ma’qullanishi mumkin.

Islohotning yana bir varianti faqat 18 yoshdan oshgan erkaklarni harbiy xizmatga chaqirishni nazarda tutadi.

Uchinchi variant faolroq ishga olish kampaniyalarini o’tkazish orqali mavjud tizimni «optimallashtirish» ni o’z ichiga oladi.

So‘rovlarda muntazam ravishda mamlakatdagi eng mashhur siyosatchi sifatida o‘rin olgan Germaniya mudofaa vaziri avvalroq harbiy xizmatni to‘xtatish qarorini “xato” deb atagan edi.

Muddatli harbiy xizmatni qayta tiklash nemis jamiyatining qarishi bilan bog’liq, ya’ni iste’foga chiqqan askarlar soni ularning o’rnini bosadigan chaqiruvchilar sonidan oshadi.

Berlin ham yaqinda o‘z qurolli kuchlari sonini hozirgi 180 mingdan 200 mingga oshirishni maqsad qilgan.