Jahon

«Krokus» teraktida gumon qilingan shaxslarni hibsda saqlash muddati uzaytirildi

«Krokus» teraktida gumon qilingan shaxslarni hibsda saqlash muddati uzaytirildi

Moskvaning Basmaniy sudi Moskvadagi “Krokus Siti Xoll”dagi teraktda ayblanayotgan to‘rtta asosiy gumonlanuvchi Muhammadsobir Fayzov, Dalerjon Mirzoev, Saidakram Rajabalizoda va Fariduni Shamsiddinga nisbatan qamoq muddatini uch oyga, shu yilning 22-avgustiga qadar uzaytirdi. Ilgari ular 22-maygacha hibsda saqlangan.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari: «Krokus Siti Xolldagi teraktning asosiy tashkilotchisi xorijda»
Dastlab Rudakiy tumani Sarikishti mahalla fuqarolar yig‘ini quyi Muhammadsho mahallasida yashovchi Muhammadsobir Fayzov qo‘li bog‘langan holda zalga olib kelindi. Sud qaroriga ko‘ra, uning qamoqqa olish muddati 22-avgustga qadar uzaytirildi.

Huquq himoyachilari ularning hibsga olinishi va qamoqqa olinishini tanqid qildi. Ularning barchasi sudda yuzlari yorilgan va ko’kargan holda paydo bo’lgan. Xususan, Muhammadsobir Fayzov Basmanniy tumani sud zaliga nogironlik aravachasi va tibbiy kiyim-kechak bilan olib kelindi. Undan oldin u reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan va tergovchining so‘roq paytidagi birinchi savoliga tarjimon yordamida “Men nima qildim?” deb javob bergan.

Aytilishicha, Muhammadsobir Fayzov hibsga olish jarayonida qarshilik ko‘rsatgan va uning bir ko‘zi og‘ir jarohatlangan. U sudga kelganida, uning yuzida ko’karishlar bor edi.

Shuningdek, Rossiya rasmiylariga yaqin kanallar tarqatgan videoda Saidakram Rajabalizodani hibsga olish chog‘ida qulog‘ini kesib, og‘ziga solib, yutmoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Barcha gumonlanuvchilarning qarindoshlari, qo‘ni-qo‘shnilari va o‘qituvchilari Muhammadsobir Fayzov, Dalerjon Mirzoev, Saidakram Rajabalizoda va Faridduni Shamsiddinlar terakt sodir etib, o‘nlab insonlar halok bo‘lganiga ishonmasliklarini “Aziya-Plyus”ga ma’lum qildi.

Moskvadagi “Krokus Siti Xoll”da terakt 22-mart kuni soat 20:00 atrofida sodir bo‘ldi. Hujumchilar binodagi tinch aholiga qarata o‘t ochgan, musiqa zaliga o‘t qo‘ygan va qochib ketgan. Ushbu hujum natijasida 140 dan ortiq odam halok bo’ldi, yuzlab odamlar yaralandi.

Bu hujum Rossiya tarixidagi eng yirik teraktlardan biri bo‘lib, hujum uchun javobgarlikni “Islomiy davlat” terror tashkilotining Afg‘oniston bo‘limi – Xuroson viloyati o‘z zimmasiga oldi.

To‘rt nafar Tojikiston fuqarosi hujumda bevosita gumondor sifatida, yana bir necha kishi sherik sifatida dastlabki hibsga olingan.

Teraktdan keyin tojik muhojirlariga Rossiya hukumati tomonidan bosim va shaxslar tomonidan ksenofobiya kuchaygan.