O‘zbekiston, Yangiliklar

Bu yil oliygohlarga hujjat topshirish 5-iyundan boshlanadi

Bu yil oliygohlarga hujjat topshirish 5-iyundan boshlanadi

Oliygohlarga qachondan hujjat topshirish ma’lum qilindi.

2024/2025 o’quv yilida abituriyentlar uchun oliy o’quv yurtlariga qabul jarayonlari joriy yilning 5-iyunidan boshlab amalga oshiriladi.

Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tashkilotlariga o’qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to’g’risidagi farmonida ko’rsatib o’tildi.

Bunda abituriyent o’z tanloviga ko’ra test sinovi natijasida to’plagan balidan kelib chiqib dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga, so’ng professional ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyungacha test sinovi va test sinovi topshiradigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtixonlari tarkibida kasbiy(ijodiy) imtixon bo’lsa, ushbu imtixonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi.

Bunda bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtixon dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar tomonidan oliy ta’lim, van va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

O’qishga qabul qilish bo’yicha kirish imtixonlari iyul-avgust oylarida o’tkaziladi.

Ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to’liq yakunlangandan so’ng abituriyentlar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasi, bakalavriat ta’lim yo’nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Eslatib o’tamiz, o’tkan yili qabul jarayonlari 20-iyundan boshlangan edi.