Hodisa

Papua-Yangi Gvineyadadagi ko‘chkida 670 kishi qurbon bo’ldi

Papua-Yangi Gvineyadadagi ko‘chkida 670 kishi qurbon bo’ldi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) Tinch okeani janubidagi Papua-Yangi Gvineyada sodir bo’lgan ko’chki oqibatida qurbon bo’lganlar soni 670 kishiga yetganini ma’lum qildi.

XMT rasmiylari Papua-Yangi Gvineyaning Enga provinsiyasida sodir bo’lgan ko’chki bilan bog’liq bayonot berdi.

Rasmiylarning aytishicha, 24 may kuni yuz bergan tabiiy ofatda 150 ga yaqin uy ko‘milgan.

Rasmiylar mintaqada qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini aytdi, biroq qutqaruvchilar 6-8 metr chuqurlikda omon qolganlarni topishga umid qilishda davom etdi.