O‘zbekiston

Endi Yangi Toshkent ko‘chalaridan biri Sank-Peterburg deb nomlanadi

Endi Yangi Toshkent ko‘chalaridan biri Sank-Peterburg deb nomlanadi

27- may kuni Sank-Peterburg gubernatori matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, endi Yangi Toshkent ko‘chalaridan biri Sank- Peterburg nomi bilan ataladi.

Poytaxtimizda 26-27-may kunlari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent ko‘chalaridan biriga Rossiyaning madaniy poytaxti hisoblangan Sank-Peterburg nomini berish haqida gapirgan edi.

Bu taklif Rossiya Prezidentini ham mamnun qildi. Sank-Peterburg gubernatori ham bu qarorga ijobiy fikr bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror Sank-Peterburg uchun katta sharaf va do‘stona munosabatlar ramzi hisoblanadi.