Jamiyat

Yer qa’ridan noqonuniy foydalanganlar haqida xabar bergan shaxslarga mukofot beriladi

Yer qa’ridan noqonuniy foydalanganlar haqida xabar bergan shaxslarga mukofot beriladi

Yer qa’ridan noqonuniy foydalanganlar haqida xabar bergan shaxslarga mukofot beriladi.
2024-yil 1-oktyabrdan boshlab yer qa’ridan foydalanish qoidabuzarliklari haqida xabar berganlarga pul mukofoti beriladi.

“Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi.

2024-yil 1-oktyabrdan jismoniy shaxslar tomonidan Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi maxsus axborot tizimiga yuborilgan yer qa’ridan noqonuniy foydalanish holatlari haqida fotosuratlar yoki vedioyozuvlar belgilangan tartibda ko’rib chiqilib, ularni yuborgan shaxslarga pul mukofoti berilib rag’batlantiriladi.

Fotosuratlar yoki videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash inspeksiya so‘roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladi.