Nigeriya armiyasi may oyida mamlakatning turli hududlarida terror tashkiloti Boko Haram, Daesh va ISWAP, Daishning G‘arbiy Afrika qanotiga qarshi amaliyot o‘tkazdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Nigeriyada oxirgi bir oy ichida terror tashkilotining 640 nafar aʼzosi yoʻq qilindi, dedi Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Edvard Buba.
Unga ko‘ra, Nigeriya armiyasi may oyida mamlakatning turli hududlarida Daishning G‘arbiy Afrika qanoti bo‘lmish “Boko Haram” va ISWAP terror tashkilotlariga qarshi amaliyotlar o‘tkazgan.
Buba, amaliyotlar doirasida 640 nafar terrorist zararsizlantirilganini, terrorchilarga logistik yordam ko‘rsatuvchi shaxslar ham bo‘lgan 1051 kishi qo‘lga olinganini qayd etdi.
Shu oy davomida garovga olingan 563 kishi ham ozod qilindi, terrorchilarning ko‘p sonli boshpanalari yo‘q qilindi, 277 qurol va boshqa o‘q-dorilar musodara qilindi.
So’nggi paytlarda Nigeriya mamlakatning turli hududlarida qurolli to’dalar, shuningdek, Boko Haram va Daishning G’arbiy Afrika qanoti bo’lgan ISWAP terror tashkilotlari tomonidan hujumga uchragan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!