“Biznesni rivojlantirish banki”, “BRB Tech” kompaniyasi va “Toshkent Shahridagi Amiti universiteti” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ta’kidlash joizki, mazkur hujjat birgalikda olib boriladigan sa’y-harakatlar majmuini nazarda tutadi.
Memorandumga muvofiq tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirishadi:
- Zamonaviy axborot texnologiyalari va ta’lim faoliyati sohasida O‘zbekiston Respublikasida axborot jamiyatini yanada rivojlantirish uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlarni tatbiq etish;
- Sunʼiy intellekt texnologiyalarini bank sohasiga joriy etish yo‘nalishida ilmiy- tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
- O‘zaro manfaatli qo‘shma anjumanlar, tadbirlar, seminarlar, akademik mashg‘ulotlar tashkil etish;
- Ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
- Belgilangan vazifalarni bajarish uchun tomonlar, binolar, texnika va jihozlardan foydalanish imkoniyatini yaratish;
- Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish;
- O‘zaro kelishuv bo‘yicha boshqa yo‘nalishlar.
Shuningdek, KPMG xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda “Biznesni rivojlantirish banki”ning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Mazkur hujjat loyihasi yaqinda bank xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan strategik sessiyada qizg‘in muhokama qilindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!