Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi bo’lib o’tmoqda.
Unda energiya samaradorligi, koʻp qavatli uylarni boshqarish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari koʻrib chiqilmoqda.
Oʻtgan yili elektr va gazni tejash boʻyicha tumanbay dasturlar qabul qilindi. Xonadonlar va ijtimoiy obyektlarda oʻrnatilgan birgina quyosh kollektorlari hisobiga 20 million kilovatt tejalmoqda.
Sanoat korxonalari ham “yashil energiya” manbalarini joriy qilmoqda. Masalan, “Oʻzbekkoʻmir” tizimida quyosh kollektorlari va issiqlik nasoslari oʻrnatilgani hisobiga yiliga 150 ming kilovatt elektr iqtisod qilinmoqda.
Lekin ayrim hududlarda ishlar sust boʻlgani uchun elektr iqtisod qilish rejasi toʻliq bajarilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Joriy yilda 580 ta maktab, 169 ta bogʻchaning energiya samaradorligini oshirish rejalashtirilgan.
Yangi ijtimoiy obyektlarni loyihalashtirishda energiya tejamkorlik boʻyicha qatʼiy talab kiritish vazifasi qoʻyildi.
Shuningdek, issiq oylarda maʼmuriy va tijorat obyektlarini sovutishga qish bilan bir xil energiya sarflanayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan maʼmuriy binolar, koʻp qavatli uylar, korxona, savdo va servis binolarida energiya samaradorligi boʻyicha texnik shartlarni ishlab chiqish topshirildi.
Mutasaddilarga 1 mingta ijtimoiy obyektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi. Jumladan, 251 ta shifoxona, 292 ta bogʻcha, 393 ta maktab va internat taʼmirlanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!