Jahon

BMT Xavfsizlik Kengashi 3 bosqichli rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Xavfsizlik Kengashi 3 bosqichli rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh tomonidan ilgari surilgan G‘azo sektoriga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha 3- bosqichli rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi. 14 nafar ishtirokchi qatnashgan ovoz berish jarayonida, Rossiya ishtirok etishdan betaraf qoldi.

Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti Jo Bayden 31-may kuni G‘azoda sulh taklifini e’lon qilgan edi.

Bayden taklif qilgan sulh rejasining birinchi bosqichida, Isroil qo‘shinlarining G‘azodan to‘liq chiqarib yuborilishi, g‘azolik ba’zi mahbuslarning qamoqxonalardan ozod etilishi, G‘azo fuqarolariga 600 ta yuk mashinasining gumanitar yordam sifatida yuborilishi, G‘azoga har kuni yordam ko‘rsatilishi va ularni uylariga sog‘- omon yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ikkinchi bosqichda g‘azolik barcha mahbuslarning ozod etilishini talab qildi.

Uchinchi bosqichda G‘azoni qaytadan tiklash va o‘lgan mahbuslarni almashish jarayoni taklif etildi.