Oslo Tinchlik Tadqiqot Instituti (PRIO) o‘tgan yili dunyo bo‘ylab Ukraina va G‘azodagi urushlar boshchiligida 59 ta qurolli mojaro sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Tadqiqotga ko’ra, mojarolarning 28 tasi Afrikada, 17 tasi Osiyoda, 10 tasi Yaqin Sharqda sodir boʻlgan. Yevropada atigi 3 ta mojaro va Amerikada bitta to’qnashuv qayd etilgan.
Mojarolar sonining ortishi qisman IShIDning Osiyo va Yaqin Sharq boʻylab tarqalishi va umuman, nodavlat «oʻyinchilar!» sonining ortib borayotgani bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
«Sovuq urush tugaganidan beri dunyoda zo’ravonlik eng yuqori darajaga yetdi», deyiladi hujjatda.
Shvetsiyaning Uppsala universiteti tomonidan nodavlat va xalqaro tashkilotlardan toʻplangan maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yili janglarda halok boʻlganlar soni 122 ming kishiga yetgan.
Ammo bu raqam 1989-yildan beri uchinchi eng yuqori ko’rsatkich bo’lib qolmoqda. Umuman olganda, so’nggi uch yil ichida so’nggi o’ttiz yillikdagiga qaraganda ko’proq qurolli to’qnashuvlar bilan bog’liq o’limlar kuzatildi.
Asosiy o’limlar Efiopiyaning Tigray hududidagi fuqarolar urushi, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va Isroilning G’azoga hujumi fonida qayd etilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!