Jahon

Qo‘rqinchli hisobot: Yevropada minglab muhojir bolalar sirli tarzda yo‘qolgan

Qo‘rqinchli hisobot: Yevropada minglab muhojir bolalar sirli tarzda yo‘qolgan

Yevropada bedarak yo‘qolgan muhojirlar haqida maʼlumot to‘plovchi transchegaraviy jurnalistika loyihasi – “Lost in Europe” hayratlanarli ko‘rsatkichni oshkor qildi. Loyiha ishtirokchilarining aniqlashicha, 2021-2023 yillar oralig‘ida Yevropaga kelgan 51 433 nafar bola bedarak ketgan.

“Lost in Europe” bu haqda Yevropa Ittifoqining 27 davlati, shuningdek, Moldova, Norvegiya, Buyuk Britaniya va Shveysariyadagi masʼullarga so‘rov jo‘natgan va atigi 13 nafar yosh bolaga oid maʼlumotlarni olishga muvaffaq bo‘lgan.

«Voyaga yetmagan muhojirlarning yo‘qolishi soni bo‘yicha Italiya birinchi o‘rinda turadi – 22 899 nafar. Undan keyingi o‘rinlardan Avstriya (20 077), Belgiya (2 241), Germaniya (2 005) va Shveysariya (1 226) joy olgan», – deyiladi loyiha hisobotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, yo‘qolgan bolalarning haqiqiy soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Chunki maʼlumotlar ko‘pincha bir-biriga mos kelmaydi va to‘liq bo‘lmaydi. Eʼtiborlisi inson huquqlari haqida jar solayotgan ko‘plab Yevropa mamlakatlarida qashshoq o‘lkalardan kelib, bedarak yo‘qolgan yosh bolalarning hisobi yuritilmaydi.

Yevropada bedarak yo‘qolgan bolalar tashkiloti bosh kotibi Aagye Iven bu raqamlarni «juda qo‘rqinchli» deb taʼrifladi.

«Huquqlari himoya qilinmayotgan muhojir norasidalarning ko‘payishi aysbergning suv ostidagi yashirin ulkan qismi borligini anglatadi. Bu esa yevropaliklarning biz o‘ylaganchalik insonparvar emasligidan nishonadir», degan u.