O‘zbekiston

Koreya Respublikasi Prezidentining davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat imzolandi

Koreya Respublikasi Prezidentining davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat imzolandi

Muzokaralar natijalari muhim kelishuvlar bilan mustahkamlandi.

Oʻzbekiston va Koreya Prezidentlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan samarali muzokaralar yakunlari boʻyicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami qabul qilindi.

Davlat rahbarlari Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish toʻgʻrisidagi Qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Koreya Respublikasi Prezidentining davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat imzolandi.

Oʻzbekiston va Koreya Prezidentlari huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:

– Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamgʻarmasi bilan hukumatlararo bitim;

– Koreya Eksport-import banki va Hyundai Rotem kompaniyasi bilan tezyurar elektr poyezdlarini xarid qilish va yetkazib berish toʻgʻrisida bitimlar;

– Koreya Eksport-import banki bilan oʻrta maktablar uchun fan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uskunalarini yetkazib berish toʻgʻrisida bitim;

– “Toshkent Farma Park” innovatsion farmatsevtika klasteri loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim;

– Oʻzbekiston davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2025–2027-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;

– Jahon savdo tashkiloti doirasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

– Madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

– Transport sohasida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv;

– Oʻzbekiston hududlarida markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimlarini modernizatsiya qilish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv;

– Oʻta muhim minerallar sohasida sheriklik toʻgʻrisida kelishuv;

– Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida kelishuv;

– Malakali va professional kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– “Oʻzsanoatqurilishbank” AJ bilan Koreya Eksport-import banki oʻrtasida banklararo master-kredit liniyasi toʻgʻrisida bitim imzolandi.