2024/2025- o‘quv yili qabulidan boshlab nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining boshqa ta’lim shakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan qabul kvotasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. Bu haqda 24-may kuni PF-81 sonli Prezident farmoni e’lon qilindi.
Ya’ni endilikda nodavlat oliygohlar kunduzgi ta’lim uchun 1000 talaba qabul qilsa, sirtqi va kechki ta’lim shakli uchun ham jami 1000 ta talaba olish imkoniga ega. Undan ortig’i mumkin emas.
Nodavlat oliygohlarning umumiy nechta talaba qabul qilishi, uning kunduzgi ta’lim talabalar soniga qarab aniq bo’ladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!