Jahon

Misr G‘azo sektoriga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor

Misr G‘azo sektoriga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor

Rasmiy Qohira Isroil armiyasi o‘z qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketishi sharti bilan G‘azo sektoriga kiradigan BMT boshchiligidagi arab kuchlari kontingentiga o‘z harbiylarini qo‘shishga tayyor. Bu haqda Qatarning «Al-Araby Al-Jadeed» gazetasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu kuchlar “Falastin hukumati anklavdagi vaziyatni nazoratga olgunicha” sektorda qoladi.

Avvalroq Isroil armiyasi bosh shtabi boshlig‘i bir qancha arab davlatlaridan kelgan mavqedoshlari bilan Bahraynda uchrashib, bu haqda gaplashib olgan edi.

Nashrning yozishicha, Qohira mintaqadagi biror bir davlatga, jumladan Eronga qarshi qaratilgan harbiy harakatlarda qatnashmaslikka qaror qilgan.

«Misr harbiylari bu harakat davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid solishini hisobga olib, mintaqadagi tomonlar bilan maʼlumot va koordinatalar almashishni nazarda tutadigan hech qanday jarayonda ishtirok etmaydi», deb yozadi gazeta.