Jahon

Nig‘matulla To‘lqinovich Yo‘ldoshev — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga yangi muddatga maʼqullandi

Nig‘matulla To‘lqinovich Yo‘ldoshev — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga yangi muddatga maʼqullandi

Bugun, 21-iyun kuni Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzodlar ko‘rib chiqildi.

Yalpi majlisda senatorlar Nig‘matilla Yo‘ldoshevni Bosh prokuror lavozimiga tasdiqladi.

Nig‘matulla Yo‘ldoshev bu lavozimda 2019-yil iyulidan buyon ishlab kelmoqda. U ikkinchi muddatga Bosh prokuror lavozimini egalladi.

Eslatib o’tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, Bosh prokurorning vakolat muddati 5 yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.

Nig‘matulla Yo‘ldoshev 1962-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda universitet) tamomlagan.

U 1987-yildan 2011-yilgacha prokuratura tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2011-yilda O‘zbekiston Adliya vaziri lavozimiga tayinlangan va bu lavozimda 2015-yil yanvariga qadar ishlagan.

Nig‘matulla Yo‘ldoshev 2015-yil yanvarida prezident qarori bilan senator etib tayinlangan, 2015-yilning 22-yanvarida yashirin ovoz berish yo‘li bilan Senat raisi lavozimini egallagandi.