Niger hukumati Fransiyaning Orano kompaniyasiga “Imuraren” uran konini o‘zlashtirishni taqiqladi, deya xabar bermoqda AFP tashkilot hisobotiga tayanib.
Konda tayyorgarlik ishlari boshlanganidan taxminan bir hafta o‘tib konni ishlatish uchun ruxsatnoma bekor qilindi
“Imuraren” koni zaxiralari 200 ming tonnani tashkil etib, dunyodagi eng yirik konlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Avvalroq OAV Niger rahbariyati Fransiyaning 15 yil avval o‘zlashtirishga ruxsat olgan konni o‘zlashtirish rejasidan norozi ekani haqida yozgan edi. Hozirgacha Orano Niger shimolidagi “Somair” konida uran qazib olishni davom ettirmoqda.
Noyabr oyida Fransiya prezidenti Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurib, ushbu davlatlar rahbarlari bilan uran qazib olish sohasidagi hamkorlikni muhokama qilgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!