O‘zbekiston, Siyosat

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston Prezidentlari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara oʻtkazdi

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston Prezidentlari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara oʻtkazdi

Suhbat avvalida Moʻgʻuliston Prezidenti davlatimiz rahbariga Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan kelish taklifi va koʻrsatilayotgan samimiy qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildirdi.

Mamlakatimiz rahbari oliy martabali mehmon va rasmiy delegatsiyaning barcha aʼzolarini dildan qutlab, Moʻgʻuliston Prezidentining ilk davlat tashrifi Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston koʻp qirrali munosabatlarini rivojlantirishda yangi sahifa ochishini alohida taʼkidladi.

Muzokaralar davomida mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida oʻtgan muzokara davomida:

-Shu kunlarda Toshkentda Moʻgʻuliston elchixonasining rasmiy ochilishi boʻlib oʻtadi.

-Moʻgʻuliston Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishini toʻliq qoʻllab-quvvatlagan birinchi davlatlardan biri boʻlgani va tegishli bayonnomani imzolagani qayd etildi.

-Yaqin yillarda oʻzaro savdo hajmini, eng avvalo, talab yuqori boʻlgan mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytirish hisobiga 5-10 barobarga oshirish uchun salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.

-Shu maqsadda hukumatlarga tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalari boʻyicha qoʻshma ishchi guruh tuzish, Ulan-Bator va Toshkentda rasmiy savdo uylarini ochish, Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga tayyorlash hamda bozorlarga kirish sharoitlarini oʻzaro yengillashtirish boʻyicha takliflar kiritish topshirildi.