Jamiyat

Pensiya bilan nafaqaning farqi nimada?

Pensiya bilan nafaqaning farqi nimada?

Ko‘pchilik fuqarolar pensiya va nafaqa so‘zlarini bir xil tushuncha deb hisoblashadi. Yaʼni “nafaqa” so‘zi “pensiya” so‘zining rus tilidan tarjimasi deb tushunishadi. Aslida esa bu ikki so‘z ikki xil maʼnoni anglatadi.

Pensiya — bu uni olish huquqi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlarga va meʼyorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to‘lish, nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul to‘lovi.

Pensiya miqdori fuqaroning ish staji va ish haqiga muvofiq tayinlanadi.

Nafaqa — “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlarga va meʼyorlarga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga nafaqa yoshiga to‘lishi, nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul to‘lovi.

Nafaqalar qonunchilikda belgilangan qatʼiy miqdorlarda to‘lanadi.