Iqtisod

Damas taqdirini takrorlayotgan Cobalt

Damas taqdirini takrorlayotgan Cobalt

Uz Avto Motors shartnomasi kuyib sotilmay qolgan Cobalt avtomobillarini qayta sotishini eʼlon qildi.

Bir necha kun muqaddam Cobalt avtomobili uchun 25 ming dona shartnoma ochilgani ma’lum qilindi. Sayt tayinli ishlamasada ushbu shartnomalar tuzib bo‘lingani aytilgandi. Maʼlum bo‘lishicha, shartnoma olganlarning katta qismi shartnoma pullarini to‘lamagan. Natijada UzAM yana bir marta shartnomalar ochishga majbur bo‘lmoqda.

Avvalroq xuddi shunday holat Damas bilan kuzatilgandi va yakunda bu avtomobil uchun istalgan vaqtda shartnoma olish imkoniyati yaratildi. Bu ketishda Cobalt‘ni ham shu taqdir kutmoqda.