Halok bo‘lganlardan biri HAMAS idorasi rahbarlaridan Ihob al-G‘usayn bo‘lgan. Bundan uch oy muqaddam G‘azo shahri va sektor shimoliy tumanlarida HAMAS hukumati ishlarini boshqarish uchun tayinlangan bo‘lgan.

Isroil hukumati hujumga uchragan maktab binosida terrorchilar yashiringanini maʼlum qilgan. Tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lmasligi uchun hujum oldidan barcha choralar ko‘rilgani xabar qilingan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi hujumda 4 kishi halok bo‘lganini rasman tasdiqlagan. Vayronalar ostida yana jasadlar bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Chunki G‘azo shimolidagi qochqinlarning bir qismi maktab joylashgan hududda boshpana saqlab kelayotgan bo‘lgan.

Halok bo‘lgan Ihob al-G‘usayn HAMAS maʼmuriyatida mehnat vaziri o‘rinbosari, undan oldin esa Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi bo‘lgan. Uning o‘limi HAMASga harbiy zarba sifatida qaralmaydi, biroq u HAMAS maʼmuriyati rahbariyatidagi muhim shaxs hisoblangan, deyiladi xabarda.