Rossiya Davlat dumasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taklif etilgan, muhojirlarning mamlakatdan chiqarib yuborilishiga sabab bo‘ladigan huquqbuzarliklar ro‘yxatini kengaytirishni nazarda tutuvchi yangi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodinning telegram-kanalidagi bayonotida aytilishicha, yangilik Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yana 20 moddasiga aloqador. Jumladan, jamoat tartibi va xavfsizligiga oid huquqbuzarliklar, shuningdek, “ekstremistik” xatti-harakatlar.
Shuningdek, bunday huquqbuzarliklar qatoriga ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qonuniy buyruqlariga bo‘ysunmaslik, migratsiya ro‘yxatidan o‘tishda yolg‘on maʼlumotlar taqdim etish, mayda bezorilik, tashviqot yoxud “natsistlarning atributlari yoki ekstremistik tashkilotlarning ramzlari”ni ko‘rsatish ham kiradi.
Volodin migratsiya nazorati masalasi nihoyatda muhim ekanini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, deputatlar “fuqarolarning ko‘plab murojaatlari” va saylov okruglaridagi muhokamalar natijasi o‘laroq “muammoning jiddiyligidan” xabardor.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!