Aniqlanishicha, sudlanuvchi Baxtiyor Qudratullayevga dastlabki tergov organi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan 44 ta epizod bo‘yicha ayb e’lon qilingan.
Prokuror muzokara nutqida B.Qudratullayevni 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilish, shuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan o‘ta xavfli retsidivist deb topishni so‘ragan.
“JK 242-modda 1-qismi bilan B. Qudratullayevni 18 yilga ozodlikdan mahrum qilishni, 242-modda bilan aybdor deb topishni va shu modda bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni, 165-modda 3-qismi “a” va “b” bandi bilan aybdor deb topib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni, 168-modda 4-qismi “a” va “b” bandlari bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni, 104-modda 3-qismi “d” bandi bilan aybdor deb topishni va shu modda bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni, 109-modda 2-qismi bilan aybdor deb topishni va 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni, 276-modda 2-qismi “a, b” bandlari bilan aybdor deb topishni va shu modda bilan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni, JKning 96-moddasiga asosan giyohvandlikdan majburiy davolash chorasini qo‘llashni, JK 59-moddasiga asosan uzil-kesil 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni, 96-moddasiga asosan tibbiy yo‘sindagi majburiy chorani qo‘llashni, 34-modda 3-qismi “a” bandi bilan o‘ta xavfli rezident deb topib jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tash belgilanishini so‘rayman”, degan prokuror muzokara nutqida.
Davlat ayblovchisi sanab o‘tgan moddalar – jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, qasddan badanga yengish shikast yetkazish, giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarga doir jinoyatlarni ko‘zda tutadi.
Prokuror, shuningdek, sudlanuvchi B.Qudratullayevning o‘g‘illari – Bekzod Zafarovga 11 yil, Ixtiyor Qudratullayevga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni so‘ragan.
Keyingi sud majlisida advokat va sudlanuvchilar tinglanadi. Sud 15-iyulga qadar tanaffus e’lon qildi.