Jahon

Yevropa aholisi muhojir va qochqinlar hisobiga ko‘paymoqda

Yevropa aholisi muhojir va qochqinlar hisobiga ko‘paymoqda

O‘limlar soni tug‘ilishlar sonidan oshib ketgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari aholisi 2023-yilda migratsiya hisobiga ko‘paydi. O‘tgan yil davomida umumiy aholi soni 447,6 milliondan 449,2 million kishiga oshgan. Buni Yevropa Ittifoqining payshanba kuni eʼlon qilingan maʼlumotlari tasdiqlamoqda.

Yeurostat maʼlumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining 20 ta davlatida aholi soni kamaygan, yettita davlatda esa ko‘paygan. Aholi sonining eng ko‘p kamayishi Italiyada (-179 419 kishi), eng ko‘p o‘sishi Germaniyada (1,12 million kishi) qayd etilgan.

Yevropada 2012-yildan buyon tug‘ilish darajasi salbiy yoki turg‘un holatda davom etib kelayotgan edi. COVID-19 pandemiyasi taʼsiri tufayli 2020 va 2021-yillarda pasayish kuzatilgan bo‘lsa, keyingi ikki yilda ko‘paymoqda.

Migratsiya, jumladan, Rossiya bosqinidan qochgan ukrainalik qochqinlarni ham o‘z ichiga oladi, deyiladi Eurostat bayonotida. 2023-yil mart oyi holatiga ko‘ra, Ukrainadan 4 millionga yaqin odam YIdan vaqtinchalik boshpana so‘rab murojaat qilgan.

Ko‘pgina Yevropa davlatlari umr ko‘rish davomiyligi oshishi sababli aholining qarishini boshdan kechirmoqda.