Jamiyat

Elektrosamakat, moped va velosiped haydovchilari o’rtasida reyd o’tkazilmoqda

Elektrosamakat, moped va velosiped haydovchilari o’rtasida reyd o’tkazilmoqda

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘l transport hodisalarini oldini olish bo‘yicha joylarda elektrosamokat, moped, velosiped haydovchilari bilan keng qamrovli profilaktik targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.

Nazorat reyd tadbirlar davomida  YPX inspektorlari tomonidan tushuntirish va ogohlantirish ishlari bilan bir qatorda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol buzgan haydovchilarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.