O‘zbekiston prezidenti nomidan O‘zbekiston xalqidan Qirg‘iziston xalqiga insonparvarlik yordamlari yuborilmoqda. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni daqiqalarda Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida o‘nlab yuk mashinalari saf tortgan.
Andijon viloyati hokimi va qator mutasaddilar ishtirokida insonparvarlik karvoni Qirg‘iziston tomon jo‘nab ketish arafasida.
Ma’lumot uchun, 2024 yil 14 iyul kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida tog‘ va adirliklarida kuzatilgan jala yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida kuchli sel kuzatildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!