Jahon

Bayden koronavirusga chalingani ma’lum bo’ldi

Bayden koronavirusga chalingani ma’lum bo’ldi

AQSH Prezidenti Jo Baydenda COVID-19 testi ijobiy chiqdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Perning kecha, 17-iyul kuni bergan bayonotida aytiladi.

“Bugun ertaroq Las-Vegasdagi birinchi tadbiridan so‘ng, Prezident Bayden COVID-19 uchun sinovdan o‘tdi va natija ijobiy chiqdi. U bir necha bor emlangan va yengil alomatlarga ega”, deydi Jan-Per.

Oq uy matbuot kotibining aniqlik kiritishicha, Prezident Delaverdagi rezidensiyasiga qaytib, u yerda o‘zini izolyatsiya qilib, davlat rahbari sifatida ishlashda davom etadi.

Baydenning davolovchi shifokori Amerika yetakchisida tumov va yo‘tal borligini hamda uning umumiy ahvoli yomonlashganini aytdi.

“U birinchi tadbirda o‘zini yaxshi his qildi, ammo sog‘lig‘i yaxshilanmagani uchun u COVID-19 uchun testdan o‘tkazildi va natija ijobiy bo‘ldi”, deydi shifokor Oq uy tomonidan e’lon qilingan bayonotda.

Avvalroq Jo Bayden sog‘lig‘ida muammo bo‘lsa, saylovdan voz kechishi mumkinligini aytgandi.