Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Qatar hukumatlari o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2023-yil 2-oktyabrda Doxa shahrida imzolangan.
Turizm qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
O‘zbekiston—Qatar munosabatlari so‘nggi vaqtlarda ikki davlat o‘rtasida turli sohalarda hamkorlik rivojlanmoqda. 2023-yilning oktyabrida Shavkat Mirziyoyev Qatarga tashrif buyurib shayx Tamim bin Hamad al-Taniy bilan muzokaralar o‘tkazgan, uning yakuni bo‘yicha qator hujjatlar, xususan, turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasida bitim imzolangandi.
O‘zbekiston va Qatar yetakchilari ikki tomonlama sheriklikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga kelishgan. Shu yilning dekabr oyida esa Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad al Soniy amaliy tashrif bilan Toshkentga kelgan edi.