Ukrainada ko‘plab GES va IES vayron bo‘ldi
2024 yilda Rossiyaning ommaviy havo hujumlari natijasida Dnipro GES, Kiyev viloyatidagi Tripilska IES, Xarkiv viloyatidagi Zmiyevskaya IES, Vinnitsa viloyatidagi Ladijinskaya IES va boshqalar zarar ko‘rdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy iyun oyi o‘rtalarida mamlakatda issiqlik energiyasi ishlab chiqarishning 80 foizi va gidrogeneratsiya uchdan bir qismi yo‘q qilinganini bildirdi.
Rossiyaning o‘qqa tutishi tufayli, DiXi Group tahliliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga hujumi boshlanganidan beri issiqlik ishlab chiqarish (IES va IEM)da yo‘qotishlar 85 foizga yetishi mumkin.
«Ukrenergo» rahbari Vladimir Kudritskiy iyun oyida Ukraina hech bo‘lmaganda qish boshiga qadar elektr energiyasini import qilishga majbur bo‘lishini ta’kidladi.
20-maydan boshlab Ukrainada sanoat va maishiy iste’molchilar uchun elektr energiyasini soatlab uzish jadvali joriy etildi. Hukumat binolarida konditsionerlardan foydalanish taqiqlanadi. Ammo muhim infratuzilma obektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash cheklanmagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!