Yanvar-iyun oylarida Afg‘onistonda 292 nafar tinch aholi mina va urush davridagi o‘q-dorilar portlashidan jarohat oldi, ulardan 256 nafari bolalardir. Bu haqda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) X sahifasida xabar berdi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, barcha portlashlarning yarmi bolalar o‘ynayotgan paytda sodir bo‘lgan, yana 15 foizi metallolom yig‘ish vaqtida ro‘y bergan. Olti oy davomida 211 o‘g‘il, 45 qiz, 29 erkak va 7 ayol baxtsiz hodisalar qurboni bo‘ldi.
Eng ko‘p hodisalar Qandahor, Hirot, G‘azna, Kobul va Nangarhor viloyatlarida qayd etilgan. Mamlakatning ushbu besh viloyatida 51 kishi halok bo‘lgan va 67 kishi jarohatlangan.
43 yillik fuqarolar urushi davomida o‘n minglab afg‘on tinch aholi o‘q-dorilar portlashi oqibatida halok bo‘ldi yoki jarohatlandi. OCHA hisob-kitoblariga ko‘ra, birgina 1989-yildan beri 45 ming afg‘on yoki har oy 110 kishi minalar va boshqa urush qoldiqlari qurboni bo‘lgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!