Unga ko‘ra, Krasnoyarsk o‘lkasida mehnat muhojirlarining sabzavot yetishtirish sohasidagi ishtiroki to‘liq cheklanadi. Yo‘lovchilar va yuk tashish kabi sohalarda chet el mehnat kuchining ulushi ishchilarning umumiy sonining 20 foizigacha kamayadi. Sport sohasidagi kompaniyalar chet elliklarning atigi 15 foizini ishga olishlari mumkin.

Dog‘istonda chet ellik ishchilarni qurilishda 30 foizgacha (boshqa subyektlarda — 80 foiz darajasida), Krasnodar o‘lkasida — qishloq va o‘rmon xo‘jaligi va qayta ishlash sanoatida — 50 foizgacha, transport, mehmonxona va restoran biznesida — 15 foizgacha cheklash joriy etilgan, Kaluga viloyatida chet ellik ishchilarning ishi bolalar ovqatlari ishlab chiqarishda, Orenburgda alkogolli ichimliklar chakana savdosida va yengil taksi faoliyatida butunlay cheklangan.

Xorijiy ishchi kuchidan foydalanish cheklovlari Chelyabinsk, Magadan, Ryazan, Samara, Amur viloyatlari va Udmurtiya Respublikasiga ham ta’sir qiladi.

Chet ellik ishchilar uchun ilova

Rossiya Federatsiyasi Raqamlashtirish vazirligi rahbarining o‘rinbosari Oleg Kachanov muhojirlar uchun mobil ilova va u bilan bog‘liq ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish haqida gapirib o‘tdi.

“Biz foydalanish qulayligini ta’minlashimiz kerak. Faqat qog‘oz bilan uch soat navbatda turish uchun emas, balki chet el fuqarolari uchun ma’lum xizmatlar to‘plami bo‘yicha qulayliklar yaratishimiz kerak”, dedi u.

Ilovada elektron migratsiya kartasidan foydalanish, yashash joyida ro‘yxatdan o‘tish, mehnat shartnomalarini tuzish, uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzish va hokazo ishlarni qilish mumkin bo‘ladi.

Xizmatlarning narxi

Rossiyada joriy yilning 1-iyulidan boshlab bir qator xizmatlar uchun davlat bojlari oshdi: yashash uchun ruxsatnoma (VNJ), vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (RVP), yashash joyida ro‘yxatdan o‘tish (propiska), shuningdek, chet ellik ishchilarni jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma berish, ishlash uchun ruxsatnoma berish, Rossiya federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilish, chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya federatsiyasiga kirish uchun taklifnomalar va hokazo.

Raqamlar bo‘yicha farqni “Rossiyskaya gazeta” hisoblab chiqdi. 14 yoshgacha bo‘lgan bolaga pasport olish uchun 1-iyuldan boshlab boj 3000 rublni tashkil etadi, bu ilgari belgilangan narxdan 500 rubl ko‘proq. Kattalarga yangi avlod pasportini olish uchun to‘lov 1 ming rublga oshib, 6000 rublni tashkil qildi.

Yashash uchun ruxsatnoma ham ming rublga ko‘tarilib, 6000 rubl bo‘ldi. Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 420 rubl to‘lash kerak, narx 70 rublga oshdi.

Eng muhimi, chet ellik ishchilarni jalb qilish va ularni ishidan foydalanish uchun ruxsatnoma narxi oshdi — 12000 rubl, bu avvalgidan 2000 rubl ko‘proq. Chet ellik xodimlarning o‘zlari esa ishlash uchun ruxsatnoma olishga 3500 rubl o‘rniga 4200 rubl to‘laydilar.

Xuddi shunday tartibda Rossiya fuqaroligini olish boji ham ko‘payadi.

Rus tili bo‘yicha test topshirish jarayoni nazorati kuchaytiriladi

“Rosobrnadzor” migrantlar uchun rus tilidagi imtihonlar ustidan nazoratni kuchaytirishni rejalashtirmoqda: nutq va yozma topshiriqlarni bajarish, minimal o‘tish balini oshirish, barcha imtihonlarni videoga yozib olish majburiydir. Bu haqda agentlik rahbari Anzor Muzayev Peterburg xalqaro yuridik forumida ma’lum qildi.

“Til to‘sig‘i Rossiyaga ishlash uchun kelgan boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun muammo tug‘diradi, masalan, mehnat nizolarida o‘z huquqlarini himoya qilishlari kerak bo‘lgan hollarda muammo hisoblanadi. Bizning markazimiz Qirg‘iziston, O‘zbekiston, tojikistonlik migrantlarga mehnat nizolarini o‘z ona tilida ham, rus tilida ham hal qilishda bepul yuridik yordam ko‘rsatmoqda”, dedi STS rahbari Konstantin Smurigin.

Shuningdek, u konsultatsiyani ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali, telefon orqali, saytdagi ariza shakli orqali olish mumkinligini aytib o‘tdi.