Jahon

Moskvada RF Mudofaa vazirligi zobitiga suiqasd uyushtirgan fuqaro ukrain maxsus xizmatlari buyurtmasini bajarganini tan oldi

Moskvada RF Mudofaa vazirligi zobitiga suiqasd uyushtirgan fuqaro ukrain maxsus xizmatlari buyurtmasini bajarganini tan oldi

Moskvada Rossiya Mudofaa vazirligi zobitining avtomashinasini portlatishda ayblanayotgan Yevgeniy Serebryakov juma kuni Rossiya FSB tomonidan tarqatilgan videoda soʼroq paytida oʼtgan yili Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilishga qaror qilgani, ular bilan internet orqali bogʼlangani va Mudofaa vazirligi zobitini oʼldirishni taklif qilganini aytdi.

“2023-yil fevral oyida men Ukraina razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilish maqsadida hamjamiyat maʼmuri bilan faol bogʼlandim”, – dedi Serebryakov soʼroq paytida.

Keyinchalik, oʼz taxminlariga koʼra, «Ukraina Xavfsizlik xizmati xodimi» boʼlgan Ilьya bilan aloqa qila boshladi. «Biz u bilan gaplashdik, Istanbulda bir uchrashuv boʼldi, men qoʼlbola portlovchi qurilmani yigʼish uchun qismlarni oldim. Va ofitserni yoʼq qilishni taklif qildim», – dedi Serebryakov.

Uning soʼzlariga koʼra, “nazorat ostida va koʼrsatmalar bilan portlovchi moslamani yigʼib, mashina ostiga qoʼygan”.

«Ilya menga Ukraina fuqaroligini va 10 dan 20 ming dollargacha mukofot vaʼda qildi», – dedi u.

Serebryakov Moskvada avtomobilni portlatib yuborganidan soʼng Turkiyaning Bodrum shahriga qochgan va oʼsha yerda qoʼlga olinib, juma kuniga oʼtar kechasi Moskvaga yetkazilgan.

Serebryakovga bir guruh shaxslar tarkibida oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan umumiy xavfli tarzda ikki yoki undan ortiq shaxsni oʼldirishga urinish va portlovchi moddalarning noqonuniy savdosi boʼyicha sirtdan ayblov qoʼyilgan.

Maʼlumot uchun, 24-iyul kuni ertalab Moskvaning Sinyavinskaya koʼchasidagi uylardan birining hovlisida avtomobilь portlashi sodir boʼldi, natijada ikki kishi hayotdan koʼz yumdi. Аvtomobilь egasi Rossiya Qurolli Kuchlari polkovnigi boʼlgan. “Interfaks” agentligi suhbatdoshining soʼzlariga koʼra, haydovchi oʼrindigʼi ostiga sigʼimi taxminan 500 gramm trotil boʼlgan portlovchi moslama qoʼyilgan.