Ayol “isyon qilganlikda” va “hukumatga qarshi qurolli qo‘zg‘olon ko‘targan guruhlarga a’zolik”da aybdor deb topilgan. Shuningdek, u “Kurdiston erkin hayot partiyasi”da qatnashgani uchun to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Aziziy telefon qo‘ng‘irog‘i va oilasi bilan uchrashish huquqidan ham mahrum qilingandi. Bir kun avval ayol tashkilotga ochiq xat yo‘llab, unda ko‘plab qiynoqlar va ta’qiblarga uchraganini yozgan.
Ish bo‘yicha tinglovlar may va iyun oylarida bo‘lib o‘tgan, biroq eronlik advokat bu haqda faqat 24-iyul kuni xabardor qilingan.
Evin qamoqxonasining ayollar bo‘limidagi mahbuslar Aziziyning o‘lim jazosiga qarshi norozilik bildirish uchun hibsxona hovlisida ish tashlashgan. Ular o‘z kameralariga qaytmasliklarini e’lon qilishgan.
Paxshan Aziziy Eron razvedka xizmatlari tomonidan 2023-yilning 4-avgustida hibsga olingan. O‘sha yilning dekabr oyida u sudsiz Evin qamoqxonaning ayollar bo‘limiga o‘tkazilgan.
Aziziy huquq muhofazasi faoliyati bilan shug‘ullangan va Kurdiston mintaqasida ayollar huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash uchun kurashgan.