Surishtiruv

Jurnalistik surishtiruv: Milliy Gvardiya korrupsion sistemasi

Jurnalistik surishtiruv: Milliy Gvardiya korrupsion sistemasi

Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Prezidenti etib saylanganidan so’ng, Milliy Gvardiya tuzilmasi shakllantirildi va yildan yilga uning moddiy texnik-bazasi yaxshilab borildi. Lekin boshqa tizimlarda kuzatilayotgani kabi ushbu tizimda ham korrupsiyaga yo’l qo’yilayotgani haqida xabarlar kela boshladi.

Demokrat.uz Milliy Gvardiyaning korrupsion holatlari haqida jurnalistik surishtiruv olib bordi. Surishtiruv jarayonida Gvardiya mansabdorlari tomonidan asosan, qurilish ishlarida korrupsion sistema yaratilgani aniqlandi.

Qolaversa, harbiy tuzilmalarda tenderlar yopiq holatda o’tkazilishi korrupsion holatlarga imkon yaratadi. Demokrat.uz mazkur yopiq holatlarni imkon qadar ochishga, tizimdagi “ko’pkari” o’yinlarini ko’rsatishga harakat qiladi.

Agar sizda ham Milliy Gvardiya va uning tuzilmalari haqida ma’lumot bo’lsa, Demokrat.uz’ning telegram bot manziliga yuborishingizni so’raymiz. Zero, korrupsiyaga qarshi barcha birdek kurashishi lozim.

To’liq video materialni ertaga soat 20:00da Demokrat.uz’ning You Tube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.