Jahon

Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya o‘ldirildi 

Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya o‘ldirildi 

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaga suiqasd uyushtirildi. Haniya va uning bir tan soqchisi halok boʻldi.

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehronda oʻldirildi. Bu haqda Eronning Mehr axborot agentligi ma’lum qildi.

OAV ma’lumotlariga koʻra, siyosatchi va uning bir tan soqchisi Tehrondagi qarorgohiga uyushtirilgan hujum natijasida hayotdan koʻz yumgan.

Ismoil Haniya Tehronga Eronning yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeshkiyanning innaguguratsiya marosimida ishtirok etish uchun borgan edi.