Iqtisod, Jamiyat

Elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlar 5 kun qabul qilinmaydi

Elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlar 5 kun qabul qilinmaydi

2024-yil 31-iyul, soat 23:50 dan 5-avgust, soat 22:00 gacha elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlar qabul qilinmaydi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirilmoqda. Shu munosabat bilan qariyb toʻliq besh kun davomida Maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.

Mazkur vaqt oraligʻida elektr energiyasi uchun onlayn tоʼlovlarni amalga oshirib boʻlmaydi.

Shuningdek, shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni olishda texnik uzilishlar ham boʻlishi mumkin.

Biroq oy oxirida hisobi tugaydigan isteʼmolchilar ayni muddatda qarzdorlikka chiqsa ham avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi