Eron oliy rahnamosi Ali Xomenei Haniyaning «qoni uchun qasos olishga» vaʼda berdi. «Bu bizning burchlarimizdan biri, chunki qotillik bizning yerlarimizda sodir bo‘ldi», – dedi u.
Xitoy ham Falastin Harakati yetakchisining o‘ldirilishini qoraladi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Haniyaning o‘ldirilishi mintaqadagi beqarorlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli eskalatsiya ekanligini aytdi.
AQSH Hamas yetakchisining o‘ldirilishidan keyin Isroil javob choralariga uchrasa, unga yordam berishga vaʼda berdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov voqeani mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan siyosiy qotillik deb atadi. RF TIV barcha tomonlarni vazminlikka chaqirdi.
Iordaniya Falastin harakati yetakchisining o‘ldirilishini jinoyat deb atadi: “Iordaniya Isroil tomonidan Falastindagi Islomiy Qarshilik Harakati (HAMAS) siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning, Alloh rahmat qilsin, Eron poytaxti Tehronda xalqaro huquq va xalqaro insonparvarlik huquqini buzgan holda o‘ldirilishini keskin qoralaydi. Bu mintaqada yana-da keskinlik va tartibsizlikka olib keladigan jinoyatdir”.
Qatar bu qotillikni “bemulohaza jirkanch jinoyat, xavfli eskalatsiya hamda xalqaro va insonparvarlik qonunlarini qo‘pol ravishda buzish” deb atadi.
Malayziya Tashqi ishlar vazirligi: “Malayziya ushbu qotillikni zudlik bilan va chuqur tergov qilishni hamda aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qiladi”.
Afg‘oniston hukumati: “Musulmon uchun shahidlik katta g‘alabadir. Allohdan Ismoil Haniyaga mangu jannat, uning oilasiga va barcha [Falastinlik] jangchilarga kuch-quvvat berishini tilaymiz. Biz nufuzli davlatlarga, xususan, islom va arab dunyosiga sionistlar bosqinining oldini olish bo‘yicha saʼy-harakatlarni kuchaytirishga chaqiruvimizni takrorlaymiz”.
Yaman husiylari HAMAS yetakchisining o‘ldirilishi munosabati bilan uch kunlik motam eʼlon qildi. Harakat Haniyaning o‘ldirilishi terrorchilik harakati ekanligini taʼkidladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!