Jamiyat, Jinoyat

Andijonda erkak xotini va qaynonasini o‘ldirdi

Andijonda erkak xotini va qaynonasini o‘ldirdi

Andijonda erkak xotini va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov  ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 1-avgust kuni soat 08:30 larda Paxtaobod tumanida sodir bo‘lgan.  Shu tumanda yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan A.N. oilaviy kelishvomchilik sabab turmush o‘rtog‘i va qaynonasi bilan o‘zaro janjallashib, ikkalasiga temir jism bilan tan jarohati yetkazgan. Olingan tan jarohatlari oqibatida qaynona voqea joyida, turmush o‘rtog‘i esa shifoxonada vafot etgan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining  97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi”, deydi Hayot Shamsutdinov.