Saudiya Arabistoni hukumati bir hafta ichida yashash, ishlash va chegara xavfsizligi qoidalarini buzgani uchun 21 049 kishini hibsga oldi, deya xabar berdi Arab News Saudi Press agentligiga tayanib.
Rasmiy xabarga koʻra, rezidentlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgani uchun jami 13209 nafar, chegarani noqonuniy kesib oʻtishga uringan 5177 nafar, mehnat qonunchiligini buzganlik uchun yana 2663 nafar shaxs qoʻlga olingan.
Hisobotda qirollikka noqonuniy kirishga uringani uchun hibsga olingan 1540 kishining 56 foizi efiopiyalik, 43 foizi yamanlik va 1 foizi boshqa millat vakillari ekanligi aniqlangan.
Yana 42 nafar fuqaro qoʻshni davlatlarga chegarani kesib oʻtmoqchi boʻlgan, besh nafari qonunbuzarlarni tashish va yashirish bilan shugʻullangani uchun qoʻlga olingan.
Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi qirollikka noqonuniy kirishga yordam bergan, jumladan transport va boshpana bilan taʻʻminlashga koʻmaklashgan har qanday shaxs 15 yilgacha qamoq jazosi, 1 million rial (260 ming dollar) miqdorida jarimaga tortilishi hamda transport vositalari va mol-mulki musodara qilinishi mumkinligini aytdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!