Jamiyat

Samarqandda “ISUZU” yuk avtomabilida yong’in sodir bo’ldi

Samarqandda “ISUZU” yuk avtomabilida yong’in sodir bo’ldi

Samarqand viloyati Payariq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Tez tibbiy yordam binosi yaqinida ’’ISUZU’’ rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Samarqand IIB xabar berdi.

Bugun, 5-avgust kuni soat 14:00 da Payariq tumani ’’Go‘zal’’ MFYda joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Tez tibbiy yordam binosining yonida ’’ISUZU’’ rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVB ga xabar berilgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga  3 ta Yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:05 da yetib borib, yong‘in soat 14:30 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.