Jahon

Boku mamlakatda Isroil qo‘shinlari borligini rad etdi

Boku mamlakatda Isroil qo‘shinlari borligini rad etdi

Boku Iran International, Kan va The Telegraph kabi xorijiy OAVlar tarqatgan Ozarbayjon hududida Isroil qoʻshinlari mavjudligi haqida xabarlarni rad etdi. Ozarbayjon hududida hech qanday xorijiy davlatning harbiy kuchlari mavjud emasligini maʻʻlum qilamiz va bu borada yolgʻon ma’lumotlarga asoslangan axborot manipulyatsiyasini keskin qoralaymiz”, – deyiladi bayonotda.

Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish agentligi (MEDIA) bir qator xorijiy OAVlarning mamlakatda Isroil qoʻshinlari borligi haqidagi xabarlarini rad etdi. Agentlik bayonotida bu ma’lumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligi va jamoatchilik fikrini chalgʻitishga qaratilganligi ta’kidlanadi.

“Sizlarga Ozarbayjon hududida hech qanday xorijiy davlatning harbiy kuchlari mavjud emasligini ma’lum qilamiz va bu borada yolgʻon ma’lumotlarga asoslangan axborot manipulyatsiyasini keskin qoralaymiz”, – deyiladi bayonotda.

Agentlik Iran International telekanali, The Telegraph nashri va Kan teleradiokompaniyasini ishonchsiz ma’lumot manbalari sifatida tilga oldi. MEDIA xabariga koʻra, ushbu ommaviy axborot vositalari Isroilning oʻz harbiy xizmatchilarining Ozarbayjonda boʻlishini taqiqlagani haqida yolgʻon ma’lumot tarqatgan.

“Shu bilan birga, biz yana bir bor ommaviy axborot vositalari qaysi davlatda faoliyat yuritishidan qat’i nazar, axborot tarqatishda jurnalistikaning umumeʻʻtirof etilgan tamoyillariga amal qilishi shartligiga e’tiborimizni qaratamiz”, — deyiladi xabarda.

Agentlik jamoatchilikni faqat rasmiy axborot manbalariga ishonishga, jurnalistlar va ijtimoiy faollarni esa yolgʻon ma’lumotlar tarqalayotgan paytda hushyor boʻlishga chaqirdi.

Avvalroq Kan davlat teleradiokompaniyasi Isroil armiyasi Eron tomonidan hujumlar xavfi tufayli oʻz harbiy xizmatchilarining Ozarbayjon va Gruziya hududida qolishini taqiqlagani haqida xabar bergan edi. Aytilishicha, armiya rahbariyatining buyrugʻiga koʻra, Janubiy Kavkazning ushbu ikki respublikasida joylashgan isroillik harbiy xizmatchilar zudlik bilan Isroilga qaytishlari shart.

Aytilishicha, bu qarorga Gruziya va Ozarbayjonning Eronga yaqinligi, ularning hududlarida eronliklar mavjudligi, shuningdek, Ozarbayjonning Eron bilan umumiy chegarasi sabab boʻlgan.

Yaqin Sharqdagi vaziyat 31-iyul kuni Tehronda HAMAS Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya suiqasd natijasida vafot etgani va Bayrutda Hizbulloh qoʻmondonlaridan biri Fuad Shukrning oʻldirilishi ortidan yomonlashdi. Eron, HAMAS va Hizbulloh hujumlarda Isroilni aybladi va javob qaytarishga va’da berdi.