Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlariga milliy ID-kartalarini oʻzaro tan olishni taklif qildi.
Prezident bu oʻzaro turizmni rivojlanlantirishga yordam berishini taʼkidladi.
“Turistik almashuvni kengaytirish maqsadida “Bitta tur – butun mintaqa” tamoyili boʻyicha milliy ID kartalarni oʻzaro tan olish va ommaviy turistik mahsulotlarni ishlab chiqish masalalarini oʻrganib chiqishni taklif qilamiz”, dedi davlat rahbari.
Qozog‘iston va O‘zbekiston yaqin kunlarda fuqarolarning ichki shaxsiy guvohnomalari yordamida o‘zaro sayohat qilishiga ruxsat berishi mumkin.
Hozirda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida vizasiz rejim mavjud, biroq ikki davlat fuqarolari chegaradan faqat xorijiy pasport bilan o‘tishlari mumkin.
9-avgust kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida Shavkat Mirziyoyev mintaqada milliy ID-kartalarni o‘zaro tan olishni taklif qilgandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!