O‘zbekiston

MILLIY GVARDIYA QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZIDA NAVBATDAGI DAVRA SUHBATI

MILLIY GVARDIYA QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZIDA NAVBATDAGI DAVRA SUHBATI

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasining mas‘ullari tomonidan oʻquv markazi doimiy va oʻzgaruvchan shaxsiy tarkibi orasida «Harom luqma tushunchasi va uning asorati» mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda 2023 va 2024 yillar davomida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan yoʻl quyilgan qonunbuzarliklar, shuningdek ular tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganliklari va ularga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari haqida maʼlumotlar berildi. Tadbir yakunida shaxsiy tarkib ixtiyoriga huquqiy tartibotni oʻrnatish yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar doirasida video rolik namoyish etilib, mutaxassislar tomonidan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.