Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor, Yunusobod va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 20-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.
Sergeli tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha):
Aholi isteʼmolchilari soni – Sergeli-4 va Daryo bo‘yi ko‘chalaridagi 789 ta yerli xonadon va 10 ta ko‘p qavatli uylardagi 80 ta xonadon;
Ulgurji isteʼmolchilar soni – 26 ta.Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha):
Aholi isteʼmolchilari soni – “Otchopar-2” MFY Chinobod, Otchopar, Obiravon, 8-tor Chinobod ko‘chalaridagi 180 ta yerli xonadon;
Ulgurji isteʼmolchilar soni – 11 ta.Yashnobod tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha):
Aholi isteʼmolchilari soni – Osh ko‘chasidagi 5 ta ko‘p qavatli uylardagi 250 ta xonadon.
Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Shuningdek, yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!