“Ushbu tashkilotga kirish – chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan tanlov, qolaversa, islohotlarimizning ajralmas bir qismi. Lekin ayrimlar bunga shubha bilan qarayapti, boshqalar ‘korxonalar sinadi’ import bosib ketadi” degan xavotir bilan yuribdi”, deya uning so‘zlarini keltirdi matbuot kotibi Sherzod Asadov.Ma’lum qilinishicha, Jahon savdo tashkilotiga 2026-yilda a’zo bo‘lish bo‘yicha katta qadamlar qo‘yilmoqda.
“Bir narsani tushunish zarur, import bojlari ishlaydi. Shuning uchun, tashkilot a’zolari bilan muzokaralar o‘tkazyapmiz.
Ertangi kunimiz — bu teng raqobat muhiti va eksportga qaratilgan sanoat va savdo siyosati. Iqtisodiyotimizga oldinlari proteksiya qaysidir ma’noda kerak edi. Yana shu yo‘lda davom etsak, imkoniyatlarimiz cheklanib qoladi. Chunki, xalqaro ishlab chiqarish zanjirlariga kirmasak, iqtisodiy o‘sish biz kutgandek bo‘lmaydi”, dedi davlat rahbari.
Prezident Jahon savdo tashkilotiga a’zolik xalqaro tranzit yuk tashishda ortiqcha to‘lov yoki cheklovlardan xalos qilishini, bu raqobatdosh bo‘lishga yana bir turtki berishini aytib o‘tdi.
Umuman, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, tashqi bozorlarda munosib o‘rin topish uchun xalqaro standartlarga o‘tish kerakligi ta’kidlandi.