Qo‘mitaning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ushbu xaridlar bo‘yicha “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilgan.
Mazkur holatlarga huquqiy baho berish uchun tegishli ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Bundan avval Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tizim tashkilotlariga nisbatan ish qo‘zg‘atgandi. Boyovut, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos va Guliston tumanlaridagi unitar korxonalar tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 37 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 67 ta xaridlarda “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilgani aniqlangan.