Jahon

Eronda Iroqqa shia ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi

Eronda Iroqqa shia ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi

Eronda Arbain marosimi uchun Pokistondan Iroqqa shia ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi: 28 kishi halok bo‘ldi, yana 23 kishi yaralandi.

Eron davlat televideniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yazd viloyatidagi Dexshir — Taft avtomagistralida jiddiy YTH sodir bo‘lgan. 14 qurbonning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtohalokatga avtomobil tormoz tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan, dedi Yazd polisiyasi boshlig‘i polkovnik Hoji Dehabadiy.

Arbain 72 sahobasi bilan Umaviylar xalifasi Yazid qo‘shini bilan tengsiz jangda halok bo‘lgan Imom Husayn shahid bo‘lganining qirqinchi kunida o‘tkaziladigan xotira marosimidir. Bu yilgi Arbain marosimi 25 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.